20 Sentabr 2021 4210

Chuqurlikka tushib ketgan avtomashina yo'lovchisi vafot etdi

2021 yil 16 sentyabr` kuni soat 15:00 larda, To'raqo'rg'on tumani Shoxidon MFY ichki yo'lida, Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug'ilgan fuqaro Namangan shahridagi MChJga tegishli bo'lgan Kobal`t rusumli avtomashinani yo'l varaqasi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lning chap tomoniga chiqib ketib, dala maydonidagi chuqurlikka tushib ketgan.

Natijada, Kobalt rusumli avtomashinada bo'lgan yo'lovchi og'ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Kobal`t rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, o'ng chakka va bel sohalari ezilishi hamda avtomashinada bo'lgan yo'lovchilar, Yangiqo'rg'on tumanida yashovchi, 2007 yilda tug'ilgan fuqaro bosh miya yopish shikasti, o'ng chakka va bel sohalari ezilishi, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2005 yilda tug'ilgan fuqaro bosh miya yopish shikasti, chap qo'l bilak suyagini ochiq sinishi, Namangan tumanida yashovchi, 2005 yilda tug'ilgan fuqaro bosh miya yopiq shikasti, ko'krak qafasi yopiq shikasti, peshona sohasi yumshoq to'qimalarini lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olishib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo'yicha To'raqo'rg'on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 sentyabr` kuni O'z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага