15 Iyul 2022 3212

“Cobalt”dagi sayr oqibati 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishga tushishi mumkin

Andijon viloyati. 2022-yil 11-iyul kuni soat 00-30 larda, Asaka tumanida yashovchi 19 yoshli N.D. (ayol), oʻziga oldindan tanish boʻlgan 22 yoshli A.I.ni (erkak) boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida Asaka tumani Argʻin MFY Janon-2 koʻchasiga birga kelib, haydovchi A.I. avtomashinadan tanishlari bilan gaplashish maqsadida tushib ketganidan va avtomashinani dvigatelini oʻchirmay kalitini oʻzida qoldirib ketganligidan foydalanib, avtomashinani rul boshqaruviga oʻtirib, A.I.ning ruxsatisiz avtomashinasini olib qochib, soʻngra Asaka-Shahrixon transport qatnov yoʻlining Shahrixon yoʻnalishi boʻyicha boshqarib ketayotib, Shahrixon tumani hududiga yetganida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl-transport hodisasi sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan N.D.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qoʻl urganligi aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага