7 Yanvar 2022 3988

Dastlabki himoyalar oʻtkazilmoqda

Malakaviy diplom ishlarini qabul qilish komissiyasiga IIV Akademiyasining ixtisoslik kafedralari professor-oʻqituvchilari bilan birga, ichki ishlar organlaridan tajribali amaliyotchi xodimlar jalb qilingan.

Ayni jarayonda kunduzgi taʼlimning “tergov faoliyati”, “tezkor-qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash”, “jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” hamda “yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash faoliyati” mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim olayotgan bitiruvchi bosqich kursantlarining diplom ishlari qabul qilinmoqda. Bunda tanlangan mavzuning qay darajada tadqiq etilgani, malakaviy bitiruv ishining belgilangan talablarga muvofiqligi, chop etilgan tezis va ilmiy maqolalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, emperik materiallar va statistik maʼlumotlar tahlili, shuningdek, mavzuga oid amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan ishlab chiqilgan taklif hamda tavsiyalar inobatga olinmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, dastlabki himoyalar kursantlarda ilmiy tadqiqotchilikka oid koʻnikmalarni shakllantirib, ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. Diplom himoyalari joriy yilning 17-yanvariga qadar davom etadi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага