17 May 2022 436

Davlat tasarrufida boʻlgan yer maydonini sotmoqchi boʻldi

Joriy yilning 12-may kuni IIV TXTBBga fuqaro “X”dan kelib tushgan arizaga koʻra, “Z” ismli ayol, oʻzining tanishlarining Toshkent viloyati, Piskent tumani, Akmal Ikromov dala hovli mahallasida joylashgan bogʻdorchilik va dala hovli uchun ajratilgan jami 1.08 gektar yer maydonini 30.000 AQSH dollari miqdoridagi pullar evaziga sotmoqchi ekanligi koʻrsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB JQB hamda Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro 1962-y.t. Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi Yu.Z. tanishlari X.A., N.A., I.M., Z.T., N.K. va S.A.larga ajratilgan, davlat tasarrufida boʻlgan va kadastr hujjatlari boʻlmagan yer maydonini 30.000 AQSH dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 20.000 AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага