Davlat, xususiy va mulkchilik shakli turlicha boʻlgan korxonalar rahbarlari diqqatiga!
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi tomonidan tanlov oʻtkazish uchun tibbiyot uskunalarining narxini oʻrganish maqsadida eʼlon beradi:
Eʼlon boʻyicha tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilib olinadi: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, M. Ashrafiy koʻchasi 103 uy. Tijorat takliflari eʼlon chop etilgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida qabul qilinadi. Maʼlumot uchun har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha yuqoridagi manzilga murojaat etishlari mumkin. Telefonlar: (71) 291-80-03.
Korxonalar tomonidan mahsulotlarining narxlari koʻrsatilgan holda tijorat taklifi konvertga solinib muhrlangan boʻlishi va konvert xatga ilova qilingan holda belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasiga taqdim etilishi shart.
IIV Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi