7 Yanvar 2022 4385

Dehqon bozorlarda isteʼmolga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi

Andijon viloyati IIB JTSX Karantin tadbirlarini taʼminlash boʻlinmasi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda dehqon bozorlar va oziq-ovqat savdo yarmarkalarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, tozalik va sanitariya tartib-qoidalariga rioya etish, aholiga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini sotilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida tezkor profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 5-yanvar kuni Oltinkoʻl tumanida joylashgan “Qoʻshtepa” dehqon bozori hamda Buloqboshi tumanida joylashgan “Buloqboshi” dehqon bozorlarida veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda nomaʼlum sharoitda tayyorlangan jami 330 kg. isteʼmolga yaroqsiz yaʼni 117 kg. goʻsht va goʻsht mahsulotlari, 161 kg. nomaʼlum sharoitida tayyorlangan tuzlama mahsulotlari hamda 52 kg. sut va sut mahsulotlari savdodan olinib, belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimiga topshirildi.

IIV JXD Jamoat tartibini saqlash xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага