18 Iyul 2022 789

Denov tumani Ichki ishlar boʻlimida «Uch avlod» uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda viloyat IIB masʼullari, tuman IIB rahbariyati, yosh xodimlar va nafaqadagi xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda, Surxondaryo viloyati IIB faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Akrom Sharofiddinov soʻnggi yillarda mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani aholiga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatadigan, professional tizimga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritib oʻtdi.

«Uch avlod» vakillari oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida soʻz olgan ishtirokchilar, ichki ishlar tizimining tarixi, buguni va kelajagi haqidagi mulohazali fikrlari bugungi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага