20 Aprel 2022 2679

Diqqat tanlov! 

O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va YuNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi O'zbekistonning barcha hududlaridan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarni #SaferInternetDay doirasida eng yaxshi shior uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. 

Ular Xavfsiz internet Milliy markazining shiori bo'ladilar.

Tanlovdan ko'zlangan maqsad kibermakonda bolalar xavfsizligi va himoyasini o'zida mujassam etuvchi shiorni ishlab chiqishdan iborat. 

Bu, shuningdek, bolalar va o'smirlar tomonidan raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni targ'ib qilish bo'yicha tadbirlarda qo'llaniladi.

Tanlov o'tkazish muddatlari: 2022 yil 20 apreldan 11 may (soat 24:00) gacha.

Natijalar e'lon qilinishi: 2022 yil 31 may, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi va YuNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida.

Tanlov g'oliblari sertifikat va sovg'alar bilan taqdirlanadilar:

1-o'rin – Planshet (Samsung Galaxy Tab S7 11" 128Gb 4G)

2-o'rin – electron kitob o'quvchi (Amazon Kindle Paperwhite 10th Generation)

3-o'rin - Fitnes bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6)

1. O'zbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishi bilan bog'liq shiorni quyidagi shaklda yozing:

• Shior;

• Ifodalar;

• Iboralar;

• Ikki qator she'r;

• Gap.

2. Quyidagi arizani to'ldiring (A4 formatida pochta orqali yuboriladigan xatga yoki Word hujjat formatida elektron pochtaga ilova qiling):

• Ishtirokchining to'liq ISMI ShARIFI

• Ishtirokchining yoshi;

• Yashash manzili;

• Ta'lim maskani va sinfi;

• Aloqa uchun telefon raqamlari;

• Email manzili;

• Tanlovga yuborilgan ishni ko'rsatish: shior;

3. Shior va arizani quyidagi manzilga:

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, 100029, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko'chasi 1 yoki tashkent@unicef.org elektron pochtasiga yuborish, bunda konvert ustida yoki elektron xat mavzusida Tanlov «#SaferInternetDay» deb ko'rsatish.

Nominatsiya bo'yicha g'oliblarni aniqlash tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Komissiya tarkibiga Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, YuNICEF, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha Vakili idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va bolalar va o'smirlar gazetasi bosh muharriri kiradi.

Tanlov komissiyasi a'zolari tanlovga yuborilgan ishlar orasidan baholashning belgilangan mezonlariga muvofiq «eng yaxshi shior»ni aniqlaydi.

* Komissiya oldindan aniqlangan mezonlarga muvofiq 3 ta eng yaxshi shiorni tanlaydi.

Shartlar*

1) Tanlovda O'zbekistonning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish masalalariga qiziqadigan hamda Internetdan foydalanishda barchaning xavfsizligi va himoyasini ta'minlash bo'yicha o'z g'oyalari bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bolalar qatnashishi mumkin.

2) Har bir ishtirokchi tanlovga faqat bitta shior taqdim etishi mumkin.

Shior

1) Shior qog'ozga qo'l bilan tushunarli yozilishi yoki o'zbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida bosma shaklda taqdim etilishi mumkin.

2) Shior ma'lumotli, ixcham va esda qoladigan bo'lishi kerak.

3) Mualliflik huquqini buzuvchi mavjud shiorlardan nusxa qilingan, shuningdek kamsitish va zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi, boshqa shaxslarning sha'ni va qadr-qimmatini erga uruvchi, behayo so'z va tasvirlarni o'z ichiga shiorlar tanlovga qo'yilmaydi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Bolalar tomonidan Internetdan xavfsiz foydalanishni targ'ib qilishda bizni qo'llab-quvvatlang! 

Bolalarni raqamli makondagi tahdidlardan birgalikda himoya qilaylik!

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага