18 Sentabr 2022 710

Donorlik aksiyasi oʻtkazildi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida poytaxtimizdagi “Qon preparatlari” ilmiy ishlab-chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda donorlik aksiyasi tashkil etildi.

Jamiyatda sogʻlom turmush tarzi va insonparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish, muhtojlarga koʻmak berish, bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida oʻtkazilgan tadbirda xodimlar faol ishtirok etdi.

Tadbir avvalida shifokorlar tomonidan qon topshirishning foydali xususiyatlari, turli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati haqida tushuncha berildi.

Uyushqoqlik bilan oʻtkazilgan aksiyaga ayniqsa yosh xodimlar va kursantlar katta hissa qoʻshishdi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага