22 Oktabr 2021 570

«E-mamuriy ish” boʻyicha oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi

Ichki ishlar vazirligi va Oliy sudining 2021-yil 29-sentyabr kunidagi 59-qq-11-6021-son “Axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shakllantirish, koʻrib chiqish va hisobotini yuritish toʻgʻrisida” qoʻshma qarori ijrosi hamda «E-mamuriy ish” tizimi orqali rasmiylashtirilayotgan bayonnomalarda uchrayotgan xato va kamchiliklar boʻyicha seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Joriy yilning 14-oktyabr kunida, Toshkent shahar IIBB katta majlislar zalida Toshkent shahar IIBB boshligʻining oʻrinbosari R.I.Sultanxojayev, Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi boʻlim boshligʻi B.I.Isxakbekov, Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar masʼul xodimi, Chilonzor tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi sudyasi hamda Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar boshqarmasi katta inspektori G.B.Usmanovalar ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentyabrdagi «Sud xokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4818-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 431-son qarorlariga asosan, Ichki ishlar vazirligi va Oliy sud tomonidan imzolangan qoʻshma qaror muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Jumladan, 2021-yil 8-iyun kunidagi “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 431-son qaroriga muvofiq, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur maʼlumotlarni olish hamda ulardan foydalanish «E-mamuriy ish” tizimi orqali amalga oshirilishi boʻyicha Toshkent shahar IIBB HPBBga koʻrsatmalar berildi.

Qoʻshma qarorning ijrosi mazmun mohiyati unda belgilangan vazifalarni yetkazish borish maqsadida, Toshkent shahar IIBB HPB va uni quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarini kasbiy malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari tashkil etilib, profilaktika inspektorlariga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirish, qaror qabul qilish, hujjatlarni sudga va onlayn tartibda sud majlislarni oʻtkazish hamda jarimalarni ixtiyoriy toʻlamagan fuqarolarni bayonnomalarini elektron tartibda hududiy MIBlarga yuborish tartibi tushuntirildi.

Mazkur tartib Axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ishlarni elektron shakllantirish, koʻrib chiqish, hisobini yuritish, shuningdek jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga maʼmuriy ishlarga doir maʼlumotlarni faqat axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborish tartibi belgilanganligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Yuqoridagi mazkur qaror yuzasidan barcha masʼul boʻlgan organlar tomonidan har bir hujjatlarga alohida eʼtibor qaratilib, ularning elektron almashinuvi boʻyicha raqamlashtirishga bosqichma-bosqich oʻtib kelayotganligi taʼkidlab oʻtildi.

Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага