5 Yanvar 2023 560

Ehtiyotsizlik oqibati

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida roʻyxatda turib, Jizzax viloyati Forish tumani Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida vaqtincha yashovchi X.Ch. ov qurolidan jarohatlandi. Chorva mollaridan xabar olish maqsadida yoʻlga chiqqan ushbu shaxsning ehtiyotsizligi oqibatida yelkasidagi miltiq otilib ketib, sochma qoʻrgʻoshin oʻqning bir donasi tovoniga teggan. U shifoxonaga yotqizildi.

“IJ-54” rusumli, 12 kalibrli, 2 stvolli ov quroliga jabrlanuvchi qonuniy egalik qilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага