27 Aprel 2022 765

Ekspert-kriminalistikaning zamonaviy imkoniyatlari bilan tanishildi

Koreya Respublikasida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

25-aprel kuni IIV Akademiyasi vakillari Politsiya tergov akademiyasida tajriba almashish imkoniga ega boʻlishdi. Janubiy koreyalik malakali mutaxassislar tomonidan taʼlim muassasasi faoliyati tanishtirilib, zamonaviy ekspert-kriminalistikada voqea joyidagi izlarni aniqlash va tahlil qilish, qon tahlillari, shaxsi nomaʼlum murda suyaklarini tadqiq qilish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi. Akademiya qoshidagi kriminalistik poligonda maxsus texnik vositalar va ularni qoʻllash usullari koʻrsatildi.

Mahorat darslari Koreya politsiyasi inson resurslarini boshqarish institutining oʻquv jarayoni va moddiy-texnika bazasi bilan tanishuv asnosida davom ettirildi. Koreyalik talaba yoshlar bilan muloqot davomida kadrlar tayyorlash boʻyicha amaliyotga tatbiq etilgan oʻziga xos yondashuvlar, axborot va raqamli texnologiyalarning afzalliklari, nazariya va amaliyot uygʻunligining muhim jihatlari xususida fikr almashildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага