26 May 2022 380

“Ekstremal holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”

Maʼlumki, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tinglovchilar bilan har bir fan va mavzular nuqtai-nazaridan amaliy mashg‘ulotlarni guruhlar kesimida o‘tkazib borish tizimli yo‘lga qo‘yilgan.  Bu esa o‘z navbatida tinglovchilarning mashg‘ulotni puxta o‘zlashtirishi va ko‘proq amaliy tushunchalarga ega bo‘lishiga xizmat qilish tayin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Bektemir bazasida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Ekstremal holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” mavzusida amaliy-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda institut tibbiyot bo‘limi xodimalari tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatish ketma-ketligi va jarayonda qanday tartibda ish olib borish lozimligi uqtirildi.

Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilarga jarohat olganda qon ketish jarayonida qanday qilib birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish lozimligi, sinish va uning turlari, zararsizlantirish usullari va uning salbiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

O‘quv mashg‘uloti so‘nggida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kerakli va muhim tavsiyalar berilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga xodimalar tomonidan javob qaytarildi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага