11 Iyul 2020 4485

Enaga bo'lib ishlovchi va o'g'rilikda gumonlanuvchi ayolga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi

29 iyun` kuni YAkkasaroy tumani ichki ishlar organlariga 46 yoshli Nadeja V. murojaat qildi. Arizachi uning sumkasidan 3.700 AQSH dollari yo'qolganini ma'lum qildi.

O'tkazilgan tekshiruv davomida enaga bo'lib ishlovchi 29 yoshli Malika M. pullarni o'g'irlaganligi aniqlandi.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O'g'rilik») bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага