Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi "LEICA" dasturi mutaxassislari delegatsiyasi bilan uchrashuv
Joriy yilning 25 fevral` kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlarining Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi dasturi «LEICA» (Law Enforcement in Central Asia) ekspertlari delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishning maqsadi «LEICA» loyihalarini amalga oshirishni muhokama qilishdan iborat bo'ldi.
Uchrashuv davomida Evropa Ittifoqining "LEICA" MO loyihasi rahbari dastur doirasida Evropa tomoni o'z salohiyatini oshirish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlarining huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik tuzilmalari bilan konstruktiv muloqot o'rnatish niyatida ekanini ta'kidladi. Shu bilan birga, u Evropa Ittifoqi ham terrorizmga qarshi kurashishning turli jabhalarida O'zbekistonning ilg'or tajribasini o'rganish niyatida ekanini ta'kidladi, shuningdek, joriy yilda loyihani amaliy tatbiq etish bosqichi boshlanib, uning doirasida Evropa Ittifoqining huquqni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarini jalb qilgan holda O'zbekistondagi Ichki ishlar vazirligi uchun bir qator seminarlar, treninglar, veb-seminarlar tashkil etishini ta'kidladilar.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar ushbu yo'nalishdagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni davom ettirishlarini belgilab o'tdilar. Uchrashuv o'zaro ishonch va konstruktiv muloqot ruhida o'tdi.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi