12 Yanvar 2022 3992

Farg‘ona shahrida kissavurlikka qo‘l urgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahri. 06 yanvar kuni K.K ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 02 yanvar kuni nomaʼlum shaxs shahar markazida qatnovchi “Damas” rusumli avtomashinada cho‘ntagida bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘mlik “OPPO” rusumli telefon apparatini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага