20 May 2022 499

Fargʻona shahrida “ogʻufurush” qoʻlga olindi

Fargʻona shahri.16-may kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, X.D maxsus xaridorga 850.000 soʻm evaziga gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlangan va 850.000 soʻm pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага