2 Oktabr 2022 2433

Fargʻona shahrida qarovsiz qolgan avtomashina salonidan 100 AQSH dollar pulni oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

18-avgust kuni D.A. Sh.Z.ning Oybek koʻchasida qarovsiz qoldirgan “Neksiya 2” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan 100 AQSH dollarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага