18 Mart 2023 765

Fargʻona shahrida qassobxonadan 100 kg mol goʻshtini oʻgʻirlagan shaxslar fosh boʻldi

Fuqaro J.D. 2023-yilning 25-fevral kunidan 26-fevral kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs Margʻilon koʻchasida joylashgan qassobxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, qassobxonada boʻlgan 100 kg mol goʻshti mahsulotlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan M.Sh. va T.E.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlanishgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага