Farg'ona tumanida “Lasetti” va “Matiz” to'qnashishi oqibatida ikki nafar ayol bevaqt hayotdan ko'z yumdi
23 fevral` kuni fuqaro Q.Sh. “Lasetti-2” avtomashinasini Vodil-Farg'ona avtomobil` yo'lining 7 km.da boshqarib ketayotib, o'zi bilan bir yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchi S.I. boshqaruvidagi “Matiz” avtomashinasi bilan to'qnashib ketgan.Natijada “Matiz” avtomashinasida uchqun chiqib yong'in sodir bo'lishi oqibatida, avtomashinada bo'lgan yo'lovchi Q.T. ismli ayol hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Matiz” yo'lovchisi J.M. ismli ayol shifoxonada vafot etgan. Haydovchilar Q.Sh. va S.I.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, “Lasetti-2” avtomashina haydovchisi Q.Sh. protsessual tartibda ushlangan.
Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo'llarda harakatlanganda yo'l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishi mumkinligini unutmang!
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati