19 Fevral 2021 4665

Farg'ona tumanida “Matiz” haydovchisi hushyorlikni yo'qotishi oqibatida 1 yoshli qizi vafot etdi

17 fevral` kuni fuqaro M.D. “Matiz” rusumli  avtomashinasini Avval-Vodil yo'lining 15 km.da boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvni yo'qotib yo'l chetidagi terak daraxtiga urilishi oqibatida, avtomashinada bo'lgan haydovchining 1 yoshli qizi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Bundan tashqari, avtomashina haydovchisi M.D., yo'lovchilar haydovchining turmush o'rtog'i M.M. ismli ayol va qaynisinglisi AZ.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo'llarda harakatlanganda yo'l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko'ngilsiz holatlar sodir bo'lishi mumkinligini unutmang!

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага