Farg‘ona tumanida “Paynet” shoxobchasidan 300 AQSH dollar pullarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona tumani. Q.U IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 13 yanvar kunidan 14 yanvar kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs Vodil mahalla markazida joylashgan “Paynet” shoxobchasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 300 AQSH dollar pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati