18 Mart 2023 342

Fargʻona tumanida xonadondan telefon apparati va boshqa buyumlarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Margʻilon mahalla hududida yashovchi M.A. IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning fevral oyi boshlarida nomaʼlum shaxs, yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida boʻlgan umumiy narxi 4.000.000 soʻmlik “Redmi 7” va “Vivo” rusumli telefon apparatlari, narxi 300.000 soʻmlik “Hot-U” rusumli qoʻl soati, narxi 400.0000 soʻm pullari va haydovchilik guvohnomalarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan M.J. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага