12 Fevral 2021 4208

Farg'onada 44.100.000 so'mlik sochlar ayoldan tortib olindi

10 fevral` kuni fuqaro B.B., O'.N., A.D., va X.J.lar bir guruh bo'lib, Quva ko'chasida joylashgan dala er maydonida Q.Z. ismli ayolni oldiga kelishib, narxi 44.100.000 so'mlik to'rt dona qoplarda joylangan 70 kg. sochlarini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага