18 Iyul 2022 6755

Fargʻonada “Hizb ut-Tahrir” aʼzosi ozodlikdan mahrum etildi

Joriy yilning fevral oyida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Qoʻqon shahrida istiqomat qilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori 1979-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan Meliqoʻziyev Aziz Rustamovichning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyilgan edi.

Tergov jarayonida maʼlum boʻlishicha, A.Meliqoʻziyev muqaddam “Hizb ut-Tahrir” safida faoliyat olib borganligi uchun 2000-2004

va 2007-2013-yillarda jazo muddatini oʻtab chiqqan.

Biroq, u oʻziga tegishli xulosa chiqarmay jinoiy faoliyatini tiklab, Internetning “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi “Azam Shodmonov” nomli profili orqali ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilib, virtual doʻstlariga “Hizb ut-Tahrir” DETning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.

A.Meliqoʻziyevning jinoiy harakatlari ayni paytda, Polshada yashirinib kelayotgan “Hizb ut-Tahrir” DETning gʻoyaviy yetakchilaridan biri boʻlgan, Oʻzbekistondagi va xorijdagi vatandoshlarimizni radikallashuviga hamda jinoyatchiga aynalib qolishlariga sababchi boʻlayotgan “Mahmud Abdulmoʻmin” taxallusli 1980-yilda Qirgʻiziston Respublikasida tugʻilgan, mazkur davlat fuqarosi va sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich tomonidan boshqarilgan.

Joriy yilning iyul oyida A.Meliqoʻziyevning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi tomonidan koʻrib chiqilib, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Hurmatli fuqarolar, oʻzingiz va yaqinlaringizni Internet tarmogʻida va xorijda soxta Islom dini targʻibotchilarining taʼsiriga tushib, jinoyatchi boʻlishlariga yoʻl qoʻymang.

Oʻz oilangizni oʻzingiz asrang.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага