18 Fevral 2022 1806

Farg‘onada «Hizb ut-Tahrir» aʼzosining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdorining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, muqaddam «Hizb ut-Tahrir» safida faoliyat olib borganligi uchun 2000-2004 va 2007-2013 yillarda jazo muddatini o‘tab chiqqan 1979 y.t. «M.A.» jinoiy faoliyatini tiklab, Internet tarmog‘ining “Facebook” ilovasi orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish va shu yo‘l bilan “tahrirchilar” safini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan.

«M.A.» “Facebook«dagi elektron manzili orqali virtual do‘stlariga «Hizb ut-Tahrir» DETning audio-video materiallarini, shuningdek tashkilotning faol virtual yollovchisi va targ‘ibotchisi «Maxmud Abdulmo‘min» taxallusli, 1980 yilda Qirg‘izistonda tug‘ilgan Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovichning maʼruzalarini tarqatib kelganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага