6 Avgust 2021 286

Farg'onaga identifikatsiya ID-karta rasmiylashtirish uchun mo'ljallangan ko'chma apparat (planshet) olib kelindi

Prezidentimizning 2020 yil 22 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti va doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning yashash guvoxnomalari o'rniga 2021 yil 1 yanvardan boshlab, identifikatsiya ID-kartalarni rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etildi.

Fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida farmon talablariga muvofiq, ma'lumotlarni yig'ish punkti mavjud bo'lmagan viloyatimizning eksklav hududlari, Farg'ona tumanining Shohimardon qishlog'i, Rishton tumanining Cho'ng'ara qishloqlarida yashovchi xamda viloyatimiz xudidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga kelish imoniyatiga ega bo'lmagan, kasal, nogiron, yoshi katta imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yashash joyiga borib identifikatsiya ID-karta rasmiylashtirish  uchun mo'ljallangan ko'chma apparat (planshet) olib kelindi.

Identifikatsiya ID-karta rasmiylashtirish uchun mo'ljallangan ko'chma apparat (planshet) kuniga 200-250 nafar fuqarolarga elektron talabnoma shakllantirish imkoniyatiga ega.

Yuqoridagi  toifaga kiruvchi fuqarolar Farg'ona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga  97-214-71-00, 73-244-19-88 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so'rab kolamiz.

Farog'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага