7 Oktabr 2021 4175

Firibgar Koreya davlatiga ishga joʻnataman deb aldab ketdi

2021-yil 1-oktyabr kuni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, 1989-yilda va 1967-yilda tugʻilgan fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, 2018-yil yoz oylarida, Chortoq tumanida yashovchi, Namangan shahridagi MCHJ rahbari, 1978-yilda tugʻilgan fuqaro ularni ishonchiga kirib, Koreya davlatiga ishga joʻnatishini, u yerda ish bilan taʼminlashini aytib, aldab, fuqarolardan 5.050 AQSH va 5.300 AQSH dollarini olib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Bundan tashqari, fuqaro oʻzining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2018-yil yoz oylarida, Namangan shahrida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan fuqaroni ishonchiga kirib, Koreya davlatiga ishga joʻnatishini aytib, aldab, 56.000.000 soʻm pul va 70 AQSH dollarini olib, oʻzining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 4-oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага