Firibgar xarid qilgan uzum mahsulotining pullarini oʻzlashtirib ketdi
Oltinsoy tumanida 2022-yil 22-noyabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga koʻra, Qashqadaryo viloyatida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan, Sh.Shoberdi (ism shariflar oʻzgartirilgan) joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Oltinsoy tumaniga kelib, tumanning “Chep” mahallasida yashovchi, fermer xoʻjaligi rahbari, S.Sanjardan 23.180.000 (yigirma uch million bir yuz sakson ming) soʻmlik va tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi, S.Suhrobdan 11.600.000 (oʻn bir million olti yuz ming) soʻmlik uzum mahsulotlarini oʻzaro kelishib sotib olib pullarini 13-sentyabr kuniga qadar berishini vaʼda qilib, shu kunga qadar pullarini bermaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.Shoberdiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati