24 Noyabr 2021 277

Firibgar yer olib berishni vaʼda qildi

Uzun tumanida 2021-yil 9-oktyabr kuni, tumanning «Oqostona» mahallasida yashovchi, Sh.Sharof (ism shariflar oʻzgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019-yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, R.Rashid, “tumanning «Tomchi” mahallasi hududidan yer maydoni olib beraman»-deb, 3000 (uch ming) AQSH dollari va 20.000.000 (yigirma million) soʻm pulini olib, oʻzlashtirib ketganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan 5-noyabr kuni R.Rashidga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага