15 Mart 2023 710

Firibgarlik holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Chilonzor tumani IIO FMBga 63 yoshli Goʻzal D. murojaat qilib, tanishi 33 yoshli Rahmatullo T. yanvar oyining oʻrtalarida, unga xorijdan 14 dona “iPphone 14 Pro Max” rusumli telefonlarni olib kelib berishini vaʼda qilgan. Rahmatullo Goʻzaldan jami 38.000 AQSH dollarini olib, vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага