3 Yanvar 2022 4253

Firibgarning yana bir nayrangi: molingni soʻyib, goʻshtini sotib pulini beraman!

Uzun tumanida 2021-yil 15-dekabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasining xabariga koʻra, 27-sentyabr kuni tumanning “Bahoriston” mahallasida yashovchi, X.Elmurod (ism-shariflar oʻzgartirilgan) tumanning “Qarashik” mahallasida yashovchi, S.Gʻulomning ishonchiga kirib, narxi 12.260.000 soʻmlik 1 bosh qoramolini soʻyib, goʻshtini sotib berishini aytib, ushbu goʻshtning pullarini bermasdan oʻzining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 

Bundan tashqari, X.Elmurod sentyabr oyida fuqaro J.Normurodning jami 65.775.000 soʻmlik 5 bosh qoramolni, S.Sanjarning jami 59.261.000 soʻmlik 6 bosh qoramolini va L.Latifning jami 15.978.000 soʻmlik 2 bosh qoramollarini soʻyib goʻshtini sotib berishini aytib, ushbu mollarni olib pullarini bermasdan oʻzining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan. 

15-dekabr kuni X.Elmurodga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага