20 Iyun 2021 1278

Fuqarolarning murojaati doimo e'tibor markazida

2021 yilning 16 iyun` kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani 11-18 mavzelari va Chilonzor tumani 18 mavzesida yashovchi jami 74 nafar fuqarolarning jamoaviy murojaati O'zbekiston Respublikasi IIV mas'ul xodimlari tomonidan o'rganib chiqilib, nazoratga olingan.

Ushbu yo'nalishda “Toshkent shahrida nazorat ostidagi dori-darmonlarni, shuningdek giyohvandlik vositalarini noqonuniy tarqalishi va OIV infektsiyasini tarqatishga qarshi kurashish yo'nalishida joriy yilda o'tkazilishi belgilangan profilaktik va tezkor-qidiruv tadbirlar"i ishlab chiqilib, boshqa huquqni muxofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Undan tashqari respublikaning boshqa hududlarida ushbu profilaktik tadbirlarni o'tkazish maqsadida IIVning tegishli ko'rsatmasi ishlab chiqilgan va  ijro uchun joylarga yuborilgan.

O'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahrida joylashgan dorixonalarda kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni noqonuniy realizatsiyasi bilan bog'liq 37 ta holat aniqlanib, jami 62 337 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari  noqonuniy muomaladan olindi.

Shuningdek, jamoaviy murojaatda ko'rsatilgan hududlarda joylashgan jami 9 ta dorixonalarda tezkor-qidiruv tadbirlari o'tkazilib, noqonuniy muomaladan 2 518 dona nazorat ostidagi dori vositalari olingan.

Hozirda ushbu murojaat asosida tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага