4 Dekabr 2022 661

Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi virtual qabulda ijobiy hal etildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Samarqand va Fargʻona viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul oʻtkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari koʻrib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasini tashkil etadi.

Murojaatlarning 2 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi 1 tasi boʻyicha tushuntirish berildi.

Eslatib oʻtamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi boʻlgan fuqarolar vazir oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi boʻlgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага