22 Iyul 2022 1214

Fuqarolikka qabul qilindi

Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan Nosirova Mushkiniso Musayabovna taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga ko‘chib keladi. O‘tgan davrda u mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi bilan yashab keldi.

Amaldagi qonunlarga binoan yaqinda Mushkiniso Nosirova O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Unga G‘uzor tuman M va FRB tomonidan shaxsini tasdiqlovchi ID-karta rasmiylashtirib berildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага