20 May 2022 1152

Fuqaroni IIV Akademiyasiga oʻqishga olib kirishni vaʼda qilib, 1000 AQSH dollari olgan ayol qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IIV SHXXB JIED xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida, 1980-y.t. M.R ismli ayol muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun jazo oʻtab kelayotganligiga qaramasdan Yuksalish koʻchasida fuqaro Gʻ.X.ni 5.000 AQSH dollari evaziga Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga oʻqishga olib kirib qoʻyishini vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan oldindan kelishilgan pullardan 1.000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага