19 May 2022 724

Furqat tumanida firibgar ayollar fosh bo‘ldi

Furqat tumani. U.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 30 aprel kuni nomaʼlum ayollar ishonchiga kirib, umumiy narxi 3.500.000 so‘mlik ayollar tilla-taqinchoqlarini bir kun muddatda taʼmirlab qaytarib olib kelib berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yu.D. va O‘.M ismli ayollar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага