29 Sentabr 2022 454

Furqat tumanida giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Furqat tumani.20-sentabr kuni tuman IIB T va EQKG va JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Chilgijiyda mahalla hududida yashovchi X.J.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon tandirxonasida 4 dona gugurt qutiga solingan hamda molxonasidagi yog‘och eshik ichida marixuana giyohvandlik moddalarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага