6 Dekabr 2022 451

Gʻijduvon tumanida ijtimoiy tarmoq orqali sodir etilgan oʻgʻirlik fosh etildi

Gʻijduvon tumani “Nodirabegim” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan S.Z. ismli shaxs “OLX” onlayn savdo saytiga kirgan vaqtida, Telegram messenjeri orqali oʻzini “Dmitriy” deb tanishtirgan nomaʼlum shaxs unga tegishli uyali telefon qurilmasini sotib olishga va pulini plastik kartasiga “click” ilovasi orqali tashlab berishini aytib, plastik kartochkasi kodini olib, karta hisobida boʻlgan jami 2.683.000 soʻm miqdoridagi pullarini yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan “Dmitriy” ismli nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Yashnobod tumani Qorakoʻl koʻchasida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan M.R. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa shu turdagi sodir etilib fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida dastlabki tergov harakatlari davom borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага