22 Sentabr 2022 1078

Gʻijduvon tumanida paxta xomashyosini noqonuniy oldi-sotdisi bilan bogʻliq qonunbuzarlik holati aniqlandi

Katta mehnat evaziga yetishtirilgan paxta hosiliga chang solish xalq rizqiga xiyonat qilish bilan barobar.

Joriy yilning 21-sentyabr kuni Gʻijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan “Paxta-2022” yigʻim terimi mavsumida paxta xom ashyosini talon-taroj qilish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tezkor tadbir davomida Gʻijduvon tumani “Vazirshoh” hamda “Chagʻdari” mahallalarida yashovchi fuqarolar “ISUZU” rusumli yuk mashinasida jami 6.000 (olti ming) kg paxta xom ashyosini yashirin ravishda olib ketayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu shaxslar paxta xom ashyosini Navoiy viloyati Qiziltepa tumani «Gʻoyibon» mahallasida yashovchi fuqarodan har kilogrammini 9.000 soʻmdan sotib olib kelayotganligini bildirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага