19 Iyul 2021
4159
Giyohvand vositasini parvarishlab, saqlab kelayotgan shaxs qo'lga olindi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 22 iyun` kuni viloyat hududida o'tkazilayotgan «Qoradori 2021» tadbir davomida, tumanning «Qo'ldovli» mahallasida yashovchi, A.eshmo'minning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganda, tomorqasiga, 1 tup «kannabis nasha» o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi hamda yashash uyidan sof vazni 505,81 gramm bo'lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
2 iyul` kuni A.eshmo'minga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati