23 Iyun 2020 1729

Guliston shahrida o'z farzandini 18 ming AQSH dollariga sotayotgan ayollar qo'lga olindi

Joriy yilning 23 iyun` kuni Sirdaryo viloyati IIB TeQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi "L" va "M" ismli shaxslar "L" ismli shaxsning 2020 yil may oyida tug'ilgan chaqaloq farzandini 18.000 (o'n sakkiz ming) AQSH dollari evaziga sotgan vaqtida qo'lga olingan.

Tadbir davomida “L” hamda “M” ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18.000 (o'n sakkiz ming) AQSH dollari olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TeQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага