29 Sentabr 2022 434

Gumondor shaxsning yonidan gugurt qutiga solingan marixuana giyohvandlik moddasi aniqlandi

2022 yil 20 sentyabr kuni soat 20:35 larda Qarshi shahar hududida bir fuqaro Qashqadaryo viloyati IIB JXX PPX batalyoni tungi naryadi xodimlarini ko‘rib o‘zini panaga ola boshlaydi. Bundan shubhalangan batalyon xodimlari xolislar ishtirokida uning cho‘ntaklarini ko‘zdan kechirganda yonida ikki dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga solingan marixuana giyohvandlik moddasi chiqdi.

Fuqaro Qarshi shahar IIO FMBga taklif etildi. Uning shaxsiga aniqlik kiritilganda u Qarshi shahar, Gungon MFYda yashovchi D.I. ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida, D.I. o‘zining ko‘rsatmasida yashash uyida giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligini bildiradi.

D.I.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yelim idishga joylashtirilgan bir to‘p "kannabis" o‘simligi tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага