11 Noyabr 2020 4215

Hamkorlikda o'tkazilgan tadbir davomida tovlamachilikni kasb qilgan shaxslar qo'lga olindi

2020 yil 9 noyabr` kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani “eshonguzarQFYda yashovchi S.N. hamda Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanida yashovchi e.Sh.lar O'zbekiston Respublikasi DXXga ariza bilan murojaat qildilar. Unda o'zlarining “Damas” rusumli avtoulovlarida Toshkent viloyati Olmaliq shahri bo'ylab qatnovchi 18-yo'nalishda yo'lovchi tashish uchun litsenziya olib ish boshlamoqchi bo'lganlarida, Toshkent viloyati Olmaliq shahar Oydin bekatida bir necha shaxslar ularga ushbu yo'nalishda faoliyat olib borishlari uchun kuniga 90.000 so'mdan 110.000 so'mgacha (ulush) pul berib turishlari lozimligi, aks holda ularning avtoulovlariga shikast etkazishlari mumkinligi hamda tegishli davlat idoralari tomonidan ularga nisbatan choralar ko'rilishini uyushtirishlarini aytib, ularga tazyiq o'tkazganligini ma'lum qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Ariza yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Yu.B., T.N., N.S., I.U. hamda A.A.lar oldindan til biriktirib, Toshkent viloyati Olmaliq shahri hududida qatnovchi 18-yo'nalish bo'yicha yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga bosim o'tkazib, kuniga 90.000 so'mdan 110.000 so'mgacha pul talab qilayotganlari aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, ular talablariga bo'ysunmaganlarga avtoulovlariga shikast etkazishlari, YHXB va Transport boshqarmasi xodimlarini jalb qilib, reydlar tashkillashtirib, ularga faoliyat bilan shug'ullanishga yo'l qo'ymasliklarini aytib, qo'rqitganlar.

O'zbekiston Respublikasi DXX, O'zbekiston Respublikasi Transport Prokuraturasi, Toshkent transport prokuraturasi hamda O'zbekiston Respublikasi IIV Transportda XTBB xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida Toshkent viloyati Olmaliq shahri Oydin bekatida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida ariza muallifi S.N. hamda e.Sh.dan 1958 yilda tug'ilgan, Toshkent viloyati Oxangaron shahar Qo'rg'on ko'chasida yashovchi T.N. va 1993 yilda tug'ilgan Toshkent viloyati Oxangaron tumani Xonobod ko'chasida yashovchi N.S. bir kunlik Olmaliq shahri ichidagi 18-yo'nalish bo'yicha yo'lovchi tashish uchun 120.000 so'm hamda 90.000 so'm miqdordagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olindi.

Ushbu holat yuzasidan shu yil 10 noyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qism “v” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

IIV Transportda XTBB

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага