30 Iyun 2021 4318

Harakat xavfsizligiga rioya etmaslik ayanchli oqibatga sabab bo'ldi

2021 yil 26 iyun` kuni soat 08:30 larda, Pungon-G'urumsaroy-Pop yo'lining 24 km.da, Pop tumani "Uyg'ur" MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 1946 y.t. fuqaro "Neksiya" rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo'lini kesib o'tayotgan piyoda, Pop tumanida yashovchi, 1983 y.t. fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo'yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yil 26 iyun` kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага