29 Dekabr 2021 4839

Harbiy qismda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy Bosh Qo‘mondoni Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning 2021 yil 22 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda 2021 yilning 27 dekabr kuni Namangan Davlat Universiteti Musiqa taʼlimi va madaniyati fakulteti talabalari, O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan tashkil etilgan “Turon Patriot nodavlat taʼlim muassasasining tinglovchilari ishtirokida “Vatan tinchligi-bebaho neʼmat!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Mudofaa Ishlar Boshqarmasi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi aʼzolari hamda harbiy qismning harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага