3 Yanvar 2022
4622
Harbiy qismda yangi yil bayrami oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilarining farzandlari va ushbu harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar uchun yangi yil bayrami tashkil etildi.
Bayram tadbirida qism komandiri podpolkovnik U.Sh.Mamadjanov soʻzga chiqib barcha shaxsiy tarkibni bayram bilan tabrikladi. Shundan soʻng, harbiy qismda kontrakt boʻyicha xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga bayram sovgʻalari topshirildi.
Tadbirda namoyish etilgan sheʼr qoʻshiqlar hamda muddatli askarlar tomonidan qilingan sahna koʻrinishlari bayramni yanada zavqli oʻtishini taʼminladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati