19 May 2021 4231

Haydovchilik guvohnomasini tanishlari orqali imtihonlarsiz olib bermoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi

Joriy yilning 09 aprel` kuni  fuqaro T.O. IIBga murojaat qilib, unda  Farg'ona shahrida joylashgan avtomaktabning J.T ismli o'qituvchisi “D” toifadagi haydovchilik guvohnomasini Farg'ona viloyati IIB YHXBda ishlovchi tanishlari orqali 10 kun muddatda, hech qanday imtixonlarsiz olib berishini aytib, 550 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan IIV O'XB Farg'ona viloyati bo'yicha bo'limi hamda IJQK Departamentning Farg'ona shahar bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, J.T Farg'ona viloyati IIB binosi oldida fuqaro T.O.dan “D” toifadagi haydovchilik guvohnomasini hech qanday imtixonsiz olib berish evaziga 550 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg'ona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasiga yuborildi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага