4 Oktabr 2022 565

Himoya orderi cheklovlarini buzgan 153 nafar shaxsga jazo muqarrarligi taʼminlandi

Fargʻona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 3 mingga yaqin tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga himoya orderi berilgan.

Profilaktik tadbirlar davomida ushbu xotin-qizlar va ularning oilalari bilan tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshirilgan.

Biroq, 153 nafar shaxslar himoya orderida belgilangan cheklovlarga rioya etmaganligi sababli Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 206 prim 1 -moddasiga asosan javobgarlik muqarrarligi taʼminlandi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага