21 Avgust 2021 1096

Hokimlik sobiq xodimlarining firibgarligi aniqlandi

2021 yil 17 avgust kuni IIVga fuqaro Ya.N. ariza bilan murojaat qilib, u o'z arizasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi «Abdurashid» va «Orif» ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar er maydonini sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N. ni nomiga rasmiylashtirib berishga va'da berib, evaziga 225.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma'lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yil 18 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX Shayxontohur tumani bo'limi hamda IJQK Departamentining Shayxontohur tumani bo'limi xodimlari hamkorligida Toshkent shahar, Yunusobod tumani 19-mavzedagi «Qariyalar oromgohi» oldida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.O. ariza muallifi N.Yakubovadan talab qilingan 225.000 AQSh dollaridan 5.000 dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

A.O. bilan olib borilgan surishtiruv ishlar davomida u arizachi Ya.N. dan olgan 5.000 AQSh dollarini er egasi T.R.ga berishi kerakligini bildirganligi sababli tezkor tadbir davom ettirilib, 2021 yil 19 avgust kuni 2011-2018 yillar Qibray tuman Hokimiyatida mas'ul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M. lar Toshkent viloyati, Qibray tumani, O'tkir mahallasida A.O.dan 5.000 AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 19 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamentining Shayxontohur tumani bo'limi tomonidan A.O., T.R. va A.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV JQBB KvaIJQKB

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага